11:24  28-12-2004Lautramont
,

,


?

?

11:26  28-12-2004#1     
,







11:30  28-12-2004#2     
, :




11:31  28-12-2004#3     
!
11:33  28-12-2004#4     
!
11:35  28-12-2004#5     
!!!
11:37  28-12-2004#6 Paranoid    
C

28-12-2004 11:30


)))))))

:

-.


-

11:37  28-12-2004#7     
, -.
11:44  28-12-2004#8     
12:08  28-12-2004#9     
!!!!!!! ! !
12:17  28-12-2004#10     
,, 2 ,

,

12:34  28-12-2004#11     
- ?
12:34  28-12-2004#12     
Aqlim bulg'andi. Aqlim tinmadi

"otashkurak" soziga qisilib qoldim bir qancha vaqt,

aqlimni zorlab piyoz kabi archganim sari

kozlarim achishdi.


Roparamda tomda kaptar otiripti xurkayib,

u mendan aqlliroq bolsa kerak, chunki jim,

Xitrou aeroporti tomon tepir qushlar sizadi birin-ketin,

yunon cherkovi g'ishtlarida shom quyoshi toxtaydi. Kaptar


osha-osha xurkayganicha uni yozib bolishimni sabr ila

kutyapti.

Aqlni tindirish uchun undan bora-bora voz kechaman.

Oynam ochiq, pardam tor-tor, London yozga kiryapti

bularni barini kotargan esa yer emas, ma'yus osmon.

12:35  28-12-2004#13     
. .
12:37  28-12-2004#14     

!

12:43  28-12-2004#15     
Muqaddima


Bir narsani istar edim ozimcha bu yozuvga qol urishdan oldin

sharhimdami, izxorimda chiroy bolmasligini, chunki songgi payt chiroy

hamma yogimni bosib ketdimi, yo men undan shunchalik toldim

mi, karaxtman endi chiroy uchun boshqa narsalar haqida valjiray.


Ekzeterdagi kaptarlaru, Kornueldagi qoyalarga urilgan dengiz,

chaganoqdagi shilliqlarni kechki nonushtamiz uchun teruvchi baliqchilar ham

bularnning bari boshqa sherlarga kochsin, meni esa mazur tutingiz

mening suyaklarimni kemiradi boshqa qaygu, goshtlarimnida boshqacha gajilar gam.


Tunov hafta Xayrulloyu Muhammad Sharif bilan Temzadagi kemada

pivo ichib otirganimizda: Ozbeklarga ham ikki dunyo bir qadam bolibdimi?

deganimda birr vahm qopdiyu yuragimda, miyamga uning tabiri kelmadi,

paymona toldi deganmidi u, yo zalvor hayotning konikmasiyu, keyin udumi?


Dengizning mavjlariga qarab: atrofda suv kop ekanmi? demayapman endi,

bu mavjlardan na konglimda tugyon, na kozimda yosh namlanmaydi sira.

Qoyalarga urilib majaqlangan, qumloqlarga shopiribyetgan dengizning eni

hamisha oshaosha chekadagi, chegaradagi suv ekan, bu ham bir sira!


Ongim muncha sayoz, endigina bolgan voqeadan ham tolqinlanmasam,

faqat tushimda yol yoqotgan, vaqt yoqotgan kimsadek talpinaman chuqurchuqur.

SenJast degan qishloqchada shamolning shovvulashidan uygonishim muncha bemarosim,

oz kolankasidan hurkib, mavjlardek, sozga qochmoqchi otlar esa muncha uchqur



1.


Mana endi SentAyvsda bolganimga ham bir hafta bolganida esladim Moskvani.

Ovrupa shaharlariga qaytish boshqa ish ekan, Moskvaga qaytish bir boshqa:

bir soz bilan ifodalasam kayfiyatimni: loyqalik yoki bulganganlik desammi?

hamma narsa qorishiq buyerda: qollaring loyu, ozing oxshaysan naqqoshga.


Uyimga kelsam eshiklar qulf, uymda hech kim yoq, qoshnimga qongiroq qoqdim

oltmish yoshini nishonlayotgan ekan, endi bilsam, Zoya Pavlovna degan qoshnim.

Bir quti choy bilan tabriklab, jomadonimni qoshnimga tashlab, ozim shaharga tashladim odim,

markazga metroda borib dostlarga sim qoqay dedim, tirikdir biror bir oshnam.


Polyankadami kochaga chiqsam yomgir, etlarim biram uvushadiey, kochalar bombosh,

shanba kuni emasmi, dostlarimdan biriga telefon qilsam u yoq, ikkinchisi, uchinchisi ham,

telefon kitobchamni titkilab tashladim, bokib boldi ustimdagi nimtaki yomgirposh,

Hamidulloakani teraman, SHavkataka, Lyonya, YUlya, Xolidaopa, Rustam, Staxan


Birortasi javob bersachi Dostoevskiyni esladim: insonning borar manzili bolmasa yomon.

Lenin kutubxonasiga yol oldim. Men bilgan, koziming nurini olgan oshaosha kutubxona.

Ancha kitoblarim toplanib qolibdi, bunga biroz yupandim, ammo yupanchimni batamom

chilparchil etdi jurnallardagi jinujinqarchalarning oyini, bumi boldi bahona


kutubxonadan ham bir ahvolda chiqdim, yomgir hali ham tinmagan, borar joy yoq,

yoshroq bolganimda yozsam bu sherni yomgirni ozimga oxshatarmidim, yo ozimni yomgirga

Ha, maylida, qosh ham qoraya boshlagan, men esa yuribman Moskvada sayoq

Axir bir qariyu yolgiz tanishim bor Vsevolod Vasilevich degan, qani, oxiriga


Qarangki, javob bersa boladimi, undan ham ortiqrogi: Hoziroq kelmaysanmi? dedi,

adreslarini yozib olib, yolyolakay biroz qandqurs oldimu, bir soatlarda kirib bordim.

Soat birlargacha gaplashib otirdik, choyi yoq ekan, qahva ichdik, qotgan nonyedik,

borar joyim yoq, qoldim unikida, yoqsada yotar orniyu, bolsada xonasi tor, dim


Boyimga yarim keladigan sandiqmi, qutisining ustida yotdim osha kecha, eslab onamni,

rahmatli onam tagiga korpa solardida: Olganda korpasizyerda yotish qanday bolar ekan? derdi.

Bilmadim, nimalarni oyladim osha tun, avgust songida payqab oynadagi namni,

qaytmas tramvaylarda naqsh chizgim kelarmidi, yo sigmasmidi uyqumga bu shaharning dardi


2.


Qaytish ishtiyoqi. YUribman qayta bir payt yurgan kochalarimda

hayot bomboshqami, yo men qaridimmi, ozgardimi bu shahar?

kim javob berarkin mana bu nomerga qongiroq chalarimda,

kel, bu sherku axir, bundan buyogiga hayotingni ozing boshqar:


bir qiz bolsin, ovozi qongiroqdek juvonu, sening nazdingda qiz,

sen tanimasangda uni, u seni tanisin qidirayotgan odaming orqali.

Bir payt korgan eding uni, sakkiz yilmi otibdi orada tuyqus,

yana bir korging kelsin uni, endi ungami, ozingami bahona top aqalli.


Bahonangdan song esa rasmi tushsin qolingga tasodifan, ertaklardagidek,

korishing bilan bu chiroyni, yuraging yorilsinyengiltakligingdan,

biroq: Mana buda deb rasmni uzatgan dostlaringga sir boy berma, takatak

qalamingni stolga urib allabalolarni tushintiraver ularga boqib zimdan.


Qani, qaerda uchrashsang tuzukroq? Ol, Mayakovskiy maydonini, shoirmasmi axir?!

Qachon uchrashganing maqul? Yomgir yogib tursin peshinlardan keyin.

SHunda kafelardan biriga kirgach, unutiladi hulu shoshqin shahar,

shunda hamma narsa bir hisga shay toplanadi biryerda atayin.


Oh, bu hech narsani anglatmovchiyu, har narsani ishoralovchi shirin suhbatlar

Siz meni yuz yildan beri bilasizmi? Men esa sizni bilganman azaldan

Kozgularda yamyashil yaproqlar allanarsalarni sorarmiisbotlar,

musiqa taralar yamyashil yaproqdek kozguli zaldan.


Kech kirganda kuzatsam bu qizni, bu navjuvonni metrogami, vokzalga qadar.

Ertaga nima qilamiz? deb sorasamu hazilomuz, Telefonlashaylik desa u.

Yanogiga egilsamu, u rad etmasa, song esa vagonlar qatorqator

taqirtuqur qilib ketsa Eh, nimalarga qodir emas tasavvur


Qaytish ishtiyoqi Oshanda qaytar edimmi men bilganubilmagan hislarimga,

yo hozir qaytmoqdamanmi?.. Bugun maysada yotib, hayot ne qadar xayrligini oylardim

Yoz kirmoqda kuzga, kozga esa tashlangan narsa uzoq ufqda yarimta

quyoshning oz aksi yarimta oy tomon tashlagan nurlari zoe odim



3.


Bu dunyoda qopollik nima, gunoh nima, jirkanchlik nima bari hayot.

Hayotning balki eng shirin damlari shunday ekan, nima qilay?!

Chertanovoda bir rassom dostim bor, shundan boshlasam basharti ehtiyot,

25qavatli uyda shuning tomiga chiqib borsam u bilan har qalay.


Chertanovo sozi cherta yoki chiziq sozidan yasalganmikan? tomiga iplar

tortibdiyu dostim, ularga tamaki quritgandek moyqalamlarni osib qoyibdi.

Bu moyqalamlar shamoldan junbushga kelib, bularning tagiga bir eplab

qadalgan xitoy qogozga allaqanday chiziqlarni naqshlabdi, ustidan yomgir quyibdi


Tabiatning bu rasmlarini korar ekanmiz tomda yolgiz yurib uchchovlon,

men ham shamolga tashlangan sozlaru, ulardan yasalgan sherlarni fahm etdim shunda.

Chertanovo sozi chyort, yani shayton sozidan chiqqanmi? shamol urib javlon,

dostimu dugonam orasida meni aqldan ozdirib guvillardi yuragimda, boshimda, tanda.


Pastga, 25nchi qavatga tushib sharob ichdik, qonga toldirdik bosh yuraklarni,

chunki osmonga yaqin bolgan, havoga tola bolgan yana bir kun tugardi beiz

Keyin esa turdik, yerga tushdik. Biz bilan tushgan qoronguda nima qilarni

aniq bilgandek, metroga mindik, aniqyerda, aniq payt kutardi bizni poezd.


Biroq ilashgan shamolmi, shaytonmi bizni bu safar yoldanmivaqtdan urdiyu,

eng songgi poezd ikki minut avval ketdimi, yo kech qoldik farqi nima?!

Bundan buyogi bir oy avval ketgan poezddan ogirlangan hayot, bir nav dediyo,

bundan buyogi jadvallardan xalos toza taxayyul va yo iflos, chirkin toqima


Chertanovoga qaytaylik, dedi u, uyerda dugonam turadi, uyini boya tomdan korgandik,

unikida qolaman bu tun. Darvoqe, ikkimiz ham bir piyoladan choy ichsak boladi

Mayli, dedim, kuzatib qoyayu, biroq choy ichishni boshqa safar degandek

qaytdik metroda, keyin piyoda Olimpik qishloqqa, kesib hovuzniyu, otib daladan.


Mana bu uy, dedi u, 17nchi qavat. Liftda chiqib bordik xomush va sokin.

Xayrlashdik. Kechagidek yanogiga egildim. Faqat yana yoldan urildim, yoliqib labiga

SHuyerda nuqta qoysam bolardi, Chertanovoni chetga surib astasekin,

ondasonda kechikkan qoshnilarniyu, qorongu zinani itqitsam bolardi tun saqlariga.


Oh, Chertanovo, ne kuylarga solmading sen bizni osha on, sharmanda Chertanovo,

bu ulkan shaharda ikki jon, ikki tan qidirgan mavo nur tushmas zinalar bolsa?!

Erdan uzildikmi, osmonga ilindikmi: oramizda oy chirmanda, yulduz tanovar

ol tanimni, ber taningni, parvonadek topsin manzil esdan adashgan bosa



4.


Men bu ismga bir payt oshiq bolganman, sherlarda yozganman ketinketin.

Nahotki, deyman endi, oshandagisi ham aslida hozirgisiga ishora bolgan ekan?

Moskva negadir Londonga oxshamas, qayguyu anduh bu avgust unda tekin,

yomgir yogadi, hazon quriydi, umr otadi qaytimsiz baribir qadalmas yurakka tikan.



5.


Hayotning manosi nimada? Bilmayman, singlim,

balki shunday bekor sangishdir, balki olim.


Moskva birdan namiqadi. Patriarshie Prudi.

Qaysi tomonga yursak ekan bombosh shaharda?


Bu uyda Beriya yashagan, bunisida yana allakim,

ikkimizga manzil yoq,yersiz falakim.


Yosh melisa toxtatadi bizni, hujjat soraydi.

Birbirimizga boqamiz hayron, u bizga qaraydi.


Keyin kulishamiz uchchovlon, ayniqsa ikkimiz,

bir kam bu dunyoda rostdan ham kimmiz?


Bu Gercen kochasi, bu halqa, bu Manej.

Men esa sengayu, sen menga notanish.


Shaharda bir juftni boshqa ne ham ular

tosh kocha, bosh yomgir, bu tomlar, bu uylar.


Oylaki, oramizda bir narsa yoq esa

sen osmonga yulduz bolib qadalasan, men yerga maysa



6.


Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulruim keldi,

tun oqshom keldi kulbam sori ul gulru, esimyeldi



7.


Kitob oqib otirganimda, yoq, Navoiyni emas Eto sluchilos v Kokande degan kitobni,

eshik zili jingirladiyu, eshikni ochsam u jilmayib turibdi.


Hayotda bunday boladimi ozi? Qayoqda deysiz! Hayotda topinatopina

avvaliga avraysiz uni Chexov yozganidek, u esa konmaydi, oyinning turida!

Bir amallab kondirasiz, yana Chexovning yozishicha, oliyjanob bahonalarni qilib pesh:

mushkulliklaringizni yozaylik, deysiz, yo tiktirmoqchi bolgan koylagingiz jurnalda bor,

ana shuni qidirishimiz kerak, deysiz, u keladimiyoqmi, harholda Budapesht

kinoteatrining oldidagi dokonga sharob olganni yugurasiz. Qarasangiz dokon ornida endi devor.

Devorga esa sizni kalaka qilgandek, bolalar sokinch soz yozib qoyibdi, yonida rasmi.

Boshqasiga yugurasiz, yolyolakay kirib aptekaga, ungacha dokon tushlikka chiqadi

Xullasi, yo u keladi qulf eshikka, mulzam bolib, yo gazabnok xat yozayotganida siz

kelasizmi

nima qilmang: hayot hayotda, istaganyerida opadi, istamaganida chaqadi


Bunda esa u turardi ostonada, boya aytganimdek, jilmayib beminnat.

Yanoqqa tekkizib labni, bokira korishdik, na u, na men entikmay hecham.

Ichkariga kirdi, yomgirposhiniyechdi, eshik ostidagi bir parcha namat

ikki yalang oyogini qabul qilib oldi, boqsam u edi qizil maykachan.


Osha kuni may ham bor edi uyda, palov ham damlangan edi qozonda,

hayotda bolmaydigan narsalarning bari osha kun edi muhayyo.

Endi shirin mayu, lazzatli taomu, totuk suhbatdan nimalar qozondik

buni yozishimga undasada totli tasavvur, qoymaydi hayo.


Biroq bular hayotda bolmas narsalar ekan deyman, ajabo,

ilohiy degani shumikan ozozidan chiqqan, urinishsiz vasl lazzati?

Radiodan musiqa yangrar, hayodan ajralib adashgan jafo

badanlarga gulyaprogu, ikki ruhga gulpoyasin Fayakun deb yozadi



8.


Nega buncha keng tashladim torlarni,

nega har bir daqiqani qoymayapman xalos?

Tushunibyetmadimmi oshanda bularni,

yo endimi tushunishga quvvai xofizam oz?


Nimalar kechdi boshimdan boshboshdoq Moskvada?

Nelarga qarzdekman, orani och endi!

Kimlarga berganding qanaqa vada,

yoz bilan ahdlashdingmi u yalangoch endi?!


Kiev vokzalida ozariy kafelar,

hamma boqadi senga, men ham darvoqe

Goyoki bu satrim osha onni kafillar,

goyoki bu satrim osha onning arvohi


Dostlarnikida birga korinamiz,

birga yoqolamiz, dostlarga xayr deya.

Ular korgan narsa biroz betamiz,

biz yashagan narsa uzluksiz royo.


Qayguning asari ham yoqligidanmi unda

endigi qaygu ham emas, bu tushunmovchilik.

Daraxtlaryechinib avgustga undar.

Torlarda kuz bedor, tushi sochilib



9.


Ilk bor umrimda sher yozayotganim yoq, boshimdan kechganini eslab,

chunki sherga sigmas boshimdan kechganlari, sher ularga tor.

Soz ojiz, urinishlar zoe, baribir qoniqmas bu talab

ters dunyo: u turar perronda, men esa poezddek, tort qator



10.


Bu kecha Edinburgda sevishib, ertasiga Parijda sher oqiyman.

Ozozimga hayronman, nimalar ekan bu yurakni ezuvchi safarlar:

qadim shaharlarning toshlarimi, yo hayotning qiymaqiyma

bolganida vahdat tilashimi but oyga aylanmas yulduz safollar


Lekin Moskva hanuz ozgacha sevmadimmi uni va undagi ozbek qizni,

hirsimni toydirmi xolos bu shahardan va osha ozbek juvondan?

Yotoqda ekanmiz, zil chalinsa boladimi, bogdirib bu vahshiy bogizni

yuqoridagi qoshnim turar edi ostonada, shovqinimizdan zirillar emish jovondon.


Osmon tomon ekanku hayqirishlarimiz, chinqirishlarimiz, suronlarimiz baribir,

qanchalik gunohkor bolmasin ular, qanchalik bolmasin osebu aybdor.

Moskva osmoni bombosh quyosh boladimi unda, bulutmi, qoshni tushadimi mugombir,

magzava lattadek osilay desang ham topilmas senga dor


11.


Yoq, bir martta keldi qaygu.

Yozning songgi kunimidi,

kuzning sovuq unimidi

biz perronda turgan chogi

hol qayinning hol yaprogi

qondiyerga, tozdi tuygu,

ana shunda keldi qaygu


Esingdami, bir kun avval

ishxonangda kutib seni,

yur, shahardan ketdik, deya,

boshlaganim qishloq tomon.

Peredelkino, beomon,

Peredelkino, shum goya,

yoshingdanmiyeding esni?

Ormon. Yomgir. Yol. Samosval.

Bari osha, goyo avval


Bari osha, biroq vayron

Qorovul chol bizga hayron,

qorovul vaqt aqldan ozib,

hol yolakka barglar yozib,

chop yomgirdek chopib borar.

Eski bino bizga qarar

bari osha, bari vayron,

faqat sevgi tili biyron


Och qoldikmi osha tuni,

bemahal yol, vaqt adashib?

Bu xonaning yoqdir tashi,

biz qamalgan ichi xolos.

Kel, bolmaylik sirdan xalos

qaragaylar, ukki uni

biz olamdan otgan tuni.


Ertasiga keldi qaygu



12.


Songgi uchrashuvimizni eslayman:

uyimizdan birga chiqdik, metroda ketdik,

men songgi ishlarimni bitirish payida

yana allakimlar bilan uchrashishim kerak edi,

sen esa odatdagidek mendan ketar eding uyingga


Komsomolskaya bekati, halqa yoldan Preobrajenskayaga otishyeri,

avvaliga: vaqtim borku, deya, sen meni kuzatadigan bolding poezdga qadar,

mening ham ajralgim kelmas edi sendan, yaxshisi men kuzatay dedim,

qofiyasiz sherdek qovushmas onlar toxtadik ortada, allaqanday

dokonni kordik, borib magzava mazali qahva oldik, uni totib kuldik birdan


Ikkimiz birdanigayengil tortdik, ozimizga qaytdik, oramizdanyengilyel esdi,

aslida mana shuyengilyel tabiati qiynadi meni shermasher uzra

esda abadulabad saqlamoqchi bolgan lab tamiyu, nigoh nami qolmasa esda,

balki shudir chin sevish, yo sherga kirmas narsa hayotda qolgandir zora



Xotima


nega yil ketidan yil qaytarilar,

oy ketidan oy,

nega fasllar esdan kotarilar,

lekin ular uchun oshaosha joy,

nega kun ketidan hamisha tun,

orada esa qaygu?

Gapirganda xontaxtaga urib mushtum

uqtirmoqchimi kim yagona tuygu?

Bir boqishda ozlashtira olmadikmi

qaytaqayta azaldan to abad

hech narsaga orgata olmas bir konikma

tolgonish, ammo bad:


ne haqdaykin bu takrorning ozi

barmoqlar bosh, uzilgan tasbeh,

biroq baribir, yoqotgandek qozi,

birov chaqiraverar ichingdan: beh, beh

12:49  28-12-2004#16     

, , !

12:50  28-12-2004#17     
- - !
12:54  28-12-2004#18 Lautramont    

?

.

12:55  28-12-2004#19     
Lautramont- . .
13:05  28-12-2004#20     
15:03  28-12-2004#21 X    

?

- ", , "

- " , , ".

.

,

15:14  28-12-2004#22     
-

login
password*